Buxoro viloyatidagi sexda portlash sodir bo‘ldi
6-dekabr kuni ertalab Buxoro viloyati Kogon tumanidagi “SHAMS LTD” kompaniyasining portlovchi moddalar ishlab chiqarish sexida portlash va yong‘in sodir bo‘ldi, oqibatda to‘rt nafar xodim halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari yengil tan jarohati oldi; prezident topshirig‘i bilan tuzilgan hukumat komissiyasi hodisa oqibatlarini bartaraf etish va sabablarini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda.
25-oktyabr kuni Namangan viloyatining Chust tumanida faoliyat ko‘rsatmayotgan AYQSH hududida yoqilg‘i rezervuarini ko‘chirish vaqtida portlash sodir bo‘ldi, natijada payvandchi halok bo‘ldi.
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi hududida portlash va yong‘in sodir bo‘ldi. Yonilg‘ini avtosisternadan saqlash rezervuariga haydash vaqtida texnologik jarayonning buzilishi natijasida chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in yuzaga kelgan.
5-avgust kuni Ko‘kdala tumanidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in va portlash sodir bo‘ldi.Avtosisterna haydovchisi yengil kuyish jarohatini oldi. Voqea joyida viloyat va tuman FVB boshliqlari ishlamoqda.
Davlat rahbari Ko‘kdala tumanidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yuz bergan portlash va yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlarning oila a’zolariga pul kompensatsiyasi to‘lash bo‘yicha topshiriq berdi. Jabrlanganlar to‘liq sog‘aygunga qadar bepul tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Hodisa oqibatida kamida 21 kishi jabrlangan. Jabrlanganlarning aksariyati o‘t o‘chiruvchilar va polisiyachilardir.
Portlash binoning temir-beton konstruksiyalarining qulashiga sabab bo‘ldi. Yerto‘la xonalari, shuningdek, birinchi, ikkinchi va uchinchi qavatlar shikastlangan.