Dorixonalarda elektron retseptlar bosqichma-bosqich joriy etiladi — SSV
YUNESKO hukumatlararo qo‘mitasining Nyu-Dehlidagi 20-sessiyasida Qoraqalpog‘istondan qo‘biz va o‘tovlar nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga rasman kiritildi. Saida Mirziyoyeva buni tarixiy kun deb atadi va milliy an’analarni asrab-avaylayotgan va targ‘ib qilayotgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.
Samarqandda YUNESKOning yangi bosh direktori etib arab mamlakatidan tashkilotga birinchi rahbar bo‘lgan Xolid al-Enani saylandi. U 15-noyabr kuni to‘rt yillik muddatga o‘z lavozimiga kirishadi.
Shavkat Mirziyoyev UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida inklyuziv ta’lim platformasi va Ayollar yetakchilik akademiyasini tashkil etishdan tortib, sun’iy intellekt, madaniy meros va media savodxonlik forumlarini o‘tkazishgacha bo‘lgan qator tashabbuslarni ilgari surdi, shuningdek, “UNESCOning ekologik poytaxti” maqomini ta’sis etishni taklif qildi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda UNESCO bosh direktori Odri Azule bilan uchrashib, hamkorlikni kengaytirish, Bosh konferensiyaning 43-sessiyasi yakunlari va qo‘shma loyihalarni muhokama qildi, madaniy aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun unga “Do‘stlik” ordenini topshirdi.
Samarqandda 30-oktyabrdan 14-noyabrgacha YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkazilishi munosabati bilan kirish yo‘llari yopiladi. Tranzit transportlar uchun QR-kodli aylanma yo‘nalishlar tashkil etilib, aholi va mehmonlarga shaharga sayohatlarni boshqa sanalarga qoldirish tavsiya etildi.