Buxoro viloyatidagi sexda portlash sodir bo‘ldi
O‘zbekistonda Ai-80 benzinini sotish taqiqlanganidan keyin yoqilg‘i quyish shoxobchalari tekshiruvdan o‘tkazila boshlandi. Bir hafta ichida mutaxassislar 90 ta yoqilg‘i quyish shoxobchasidan 191 ta namuna olishdi, 23 ta holatda standartlarga nomuvofiqlik aniqlandi.
Markaziy bank boshqaruvi raisi Timur Ishmetov AI-80 benzinidan voz kechish inflyatsiyani tezlashtirishini aytdi. Markaziy bank allaqachon 2025-yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya prognozini yomonlashtirdi — may oyida prognoz qilingan 8% o‘rniga 8,7%.
O‘zbekistonda 2-sentyabrdan boshlab AI-80 benzinini birja savdolari orqali sotish to‘liq to‘xtatildi. Buning o‘rniga AI-92 markali yuqori oktanli avtobenzinni birja savdolariga qo‘yish hajmi oshirildi.