
Afg‘onistonda erkaklarga soqol olish va soat 22:00 dan keyin ko‘chaga chiqish taqiqlandi
Afg‘onistonning Badaxshon viloyati hukumati shariat me’yorlariga muvofiq qat’iy tartib-qoidalarni joriy qildi. Erkaklarga zamonaviy soch turmagi va tunda sayr qilish taqiqlandi. Bunday cheklovlar mamlakatning boshqa hududlarida ham qo‘llanilmoqda.