Buxoro viloyatidagi sexda portlash sodir bo‘ldi
Bosh prokuratura 8-noyabr kuni Toshkentda 174 ta daraxt noqonuniy kesilgani bo‘yicha obodonlashtirish xodimlariga nisbatan ish qo‘zg‘atdi.
Toshkentning Yakkasaroy tumanida 25-oktyabrga o‘tar kechasi 174 tup daraxt va butalar kesib tashlandi. Yetkazilgan zarar 1,46 mlrd so‘mga baholanib, materiallar prokuraturaga topshirilgan, hokimlik esa beparvolikni tan olib, 62 mingdan ortiq yangi o‘simlik ekishga va’da bergan.
Deputat va Ekologik partiya a’zosi daraxtlarni noqonuniy kesish holatlari ko‘paygani munosabati bilan Ekologiya vazirligi rahbari Aziz Abduhakimovga deputatlik so‘rovi yubordi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod tumanida sobiq harbiy gospital hududida qurilish boshlangani va bu joyda daraxtlar kamayib ketgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Ekopartiya deputati mazkur masala yuzasidan Bosh prokuratura va Ekologiya vaziriga so‘rov yubordi.