O‘zbekistonni kuchli magnit bo‘roni qamrab oldi
Namangan viloyatida bolalarning noqonuniy diniy ta’lim olishi bilan bog‘liq xabarlarni o‘rganib, ularni qonuniy ta’lim tizimiga qaytarish va huquqlarini himoya qilish choralarini ko‘rish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.
O‘zbekistonda maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan bolalarga dinni o‘rgatganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi. Jinoyat kodeksining 229-2-moddasi (diniy ta’limotlarni o‘qitish tartibini buzish) ga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Huquq-tartibot idoralari Surxondaryo va Namangan viloyatlarida ikkita noqonuniy diniy maktabni fosh qildi. Ulardan birida bolalar ayovsiz kaltaklangan. O‘qituvchilar va bolalarning ota-onalariga nisbatan bayonnomalar tuzilgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari Toshkent viloyatida noqonuniy diniy ta’lim bo‘limlarini aniqladi. Jinoyatchilar jami 43 nafar bolani o‘qitishgan. Tergov olib borilmoqda.
Farg‘ona viloyati bo‘ylab o‘tkazilgan reydlar davomida noqonuniy ravishda diniy ta’lim berish bilan shug‘ullangan 4 nafar erkak aniqlandi. Barcha holatlar bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga oshirildi.