Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi bo‘ldi
Bugun, 18:31
Deputatlar Erkinjon Turdimovni viloyat hokimi etib tasdiqlab, unga viloyatni rivojlantirish, 3 milliard dollar investitsiya jalb qilish, eksportni 500 million dollarga yetkazish va 185 ming kishining bandligini ta’minlash bo‘yicha rejalarni amalga oshirishni topshirdi.