Buxoro viloyatidagi sexda portlash sodir bo‘ldi
Farg‘onada 34 yoshli erkak aliment talashib, oilaviy janjal vaqtida xotini va ikki yoshli qizini o‘ldirib qo‘ydi. U qo‘lga olingan, qasddan odam o‘ldirish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Farg‘onada yo‘l-transport hodisasida to‘rt kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan Nexia-3 haydovchisi 8 yilga ozodlikdan mahrum etilib, 100 mln so‘m jarimaga tortildi.
Marg‘ilonda Nexia-1 haydovchisi piyodalar o‘tish joyida uch nafar maktab o‘quvchisini urib yuborgan, ulardan biri kasalxonaga yotqizilgan, YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Oltiariq tumanidagi gaz quyish shoxobchasida Damas yonib ketdi. Yong‘in yoqilg‘i quyish shoxobchasi ishchilari va haydovchilar tomonidan tezda bartaraf etilgan. Jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Farg‘onadagi gaz quyish shoxobchasida Labo avtomobilining gaz balloni portladi. Haydovchi propan uchun mo‘ljallangan ballonga metan gazini quygan, oqibatda ballon portlagan.
Farg‘onada bolani bosib ketgan ayol ikki yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi, ikki yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilindi va yetkazilgan moddiy zararni to‘lash majburiyati yuklandi.
23-iyul kuni Farg‘onada Nexia daraxtga borib urildi, bir kishi halok bo‘ldi. Haydovchi quvib o‘tish qoidalarini buzdi. Yana bir kishi kasalxonada.
Boshqarmaning 5 nafar xodimiga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. Ularning ism-shariflari va lavozimlari oshkor etilmadi.