Toshkentda ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tashkil etiladi

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Samarqand viloyati boshqarmasi yetakchi mutaxassisi katta miqdorda pora olganlikda gumonlanib qo‘lga olindi.
Xovos tumani hokimi o‘rinbosari xo‘jalikni sholi yetishtirish rejasiga kiritgani, eksport rejasi bajarilganini tasdiqlagani, shuningdek, huquq-tartibot idoralari tomonidan go‘yoki o‘tkazilgan tekshiruvda homiylik qilgani uchun bir necha ming dollar pora bilan qo‘lga tushgan.
2024-yilda O‘zbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlar soni o‘sa boshladi.
Buxoroda hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida tezkor tadbir o‘tkazilib, Namangan shahar hokimi qo‘lga olindi.
Davlat rahbari maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Shavkat Mirziyoyev byurokratiya va korrupsion bo‘shliqlar to‘liq bartaraf etilmaganini aytdi.
O‘zbekistonning qator hududlarida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida mansabdor shaxslar pora bilan qo‘lga olindi. Xususan, Toshkentda Mirobod tumani hokimligi huzuridagi Ijtimoiy moslashuv markazi rahbari ushlandi.
Sog‘liqni saqlash vaziri fuqarolar va soha xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashishda sa’y-harakatlarni birlashtirishga chaqirdi. Asilbek Xudayarovning e’tirof etishicha, bir qator muassasalarda tovlamachilik, byurokratiya, manfaatlar to‘qnashuvi kabi salbiy holatlar hamon saqlanib qolmoqda.
“Uchqo‘rg‘on” bojxona posti nazorat-rasmiylashtirish guruhi inspektori xorijdan olib kelingan 57 dona iPhone 16 Pro Max rusumli mobil telefonlarning har biri uchun 100 dollardan pul talab qilgan.
DXX xodimlari hokim o‘rinbosari, statistika bo‘limi va Pensiya jamg‘armasi rahbarlarini pora bilan qo‘lga oldi. Barcha holatlar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.