O‘zbekiston prezidenti AQSH Eksimbanki bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi
Turkiya O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron ish vizalarini joriy etish va qonuniy ishga joylashishni soddalashtirish, jumladan, mamlakatdan chiqmasdan ishlash uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, shuningdek, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni rejalashtirmoqda.
Venada O‘zbekiston va Avstriya tashqi ishlar vazirliklari konsullik xizmatlari o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar migratsiya va mobillik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldi.
O‘zbekiston va Ruminiya vakillari mehnat migratsiyasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni o‘rganib, tegishli shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqdi.
Qoidabuzarlar deportatsiya qilinganidan so‘ng bir yil davomida tashkiliy ishga qabul qilish dasturlarida ishtirok eta olmaydi. Bundan tashqari, ishga yuborish shartnomasida jarimalar va shartlar bajarilmagan taqdirda uchinchi shaxslarning kafilligi to‘g‘risidagi qoidalar belgilanadi.
Tashkilotlar vatandoshlarni chet elga yuborib, pul evaziga ishga joylashtirishni va’da qilgan, to‘lovni olgan, so‘ngra xizmat ko‘rsatmasdan g‘oyib bo‘lgan.