Tramp Mirziyoyevni G‘azo sektori bo‘yicha Tinchlik kengashiga taklif qildi
Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili diniy ulamo Alisher Tursunov saqlanayotgan 5-son manzil-koloniyada bo‘lib, u yerdagi sharoitlarni monitoring qildi. Tekshiruv davomida mahkum tibbiy yordam, mehnat va yashash sharoitlari bo‘yicha shikoyatlar bildirmagan.
Namangan viloyatida shahar IIB binosida mahalliy fuqaro qiynoqqa solingani haqida xabar berildi. Prokuratura ish ochdi, IIV holatga oydinlik kiritish uchun ishchi guruh yubordi, Ombudsman idorasi gumonlanuvchi huquq-tartibot xodimlaridan biri ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi.
Ombudsmanning Andijon viloyatidagi vakili Izboskan tumanidagi vaqtincha saqlash hibsxonasida saqlash sharoitlarini o‘rganib chiqdi. Aniqlangan kamchiliklar uchun VSH boshlig‘i ishdan bo‘shatildi.