Yaponiya 10 ming kishiga mo‘ljallangan oy shahrini ishlab chiqmoqda
Yaponiyalik olimlar va muhandislar 10 ming aholiga mo‘ljallangan Oy manzilgohi loyihasini taqdim etdi. Neo Lunar Glass loyihasi past tortishish kuchiga qaramay, Oyda qulay yashash uchun sharoit yaratishga va’da beradi. Aylanuvchi paraboloid shaklidagi konstruksiya suyaklarning yemirilishi va mushak massasining kamayishini oldini oluvchi sun’iy tortishishni ta’minlaydi.