Mavzuga oid materiallar: temiryo‘l

Parkent – Toshkent elektrlashtirilgan temiryoʻli qurilishi boshlandi

O‘zbekiston

Uzunligi 23,8 km boʻlgan yangi temiryoʻl Toshkentni Parkent bilan bogʻlaydi. Loyiha doirasida koʻpriklar, tunnellar va yoʻl oʻtkazgichlarni qurish rejalashtirilgan. Loyihaning amalga oshirilishi Parkentning togʻli hududlariga sayyohlarni jalb qilishi kutilmoqda. Qurilishni yakunlash muddati hozircha maʼlum emas.

“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temiryo‘li qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

O‘zbekiston

27 dekabr kuni Qirg‘izistonning Jalolobod shahrida Xitoy, Markaziy Osiyo va Yevropani bog‘laydigan strategik infratuzilma loyihasini ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yangi temir yo‘l mintaqani xalqaro bozorlarga olib chiqadi, yuk tashish muddatini qisqartiradi va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaydi. Ishtirokchi davlatlar rahbarlari loyihani hamkorlik, do‘stlik va farovonlik ramzi, deb atadi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.