2024-yilda TIMEʼning yil insoni kim boʻladi?
TIME 2024-yilda dunyoga eng katta taʼsir koʻrsatgan shaxsni — xoh ijobiy, xoh salbiy boʻlsin — eʼlon qilishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Nomzodlar orasida Meksikaning birinchi ayol prezidenti, biznesdan siyosatga oʻtgan milliarderlar va shov-shuvli voqealar markazida boʻlgan rahbarlar bor. Finalistlar allaqachon eʼlon qilingan, gʻolib esa kelasi payshanba kuni maʼlum boʻladi.