O‘zbekiston FIFA Series musobaqasiga mezbonlik qiladi
Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida yuz bergan to‘qnashuvda yo‘lovchi ayol jarohatlangan, u shifoxonaga yotqizilgan, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shahrisabz ko‘chasidan Cho‘pon ota ko‘chasigacha qatnov tiklandi, qolgan qismlarda ishlar davom etmoqda.
Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, haydovchilardan esa ehtiyot bo‘lish so‘ralgan.
Toshkentning Bektemir va Chilonzor tumanlarida gaz o‘chdi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.
Toshkentdagi “Chorsu” mehmonxonasi o‘rnidagi loyiha renderlari tarmoqqa tarqaldi. 29 qavatli mehmonxonaning asosiy binosi, kutilganidek, Navoiy shohko‘chasining vertikal dominantasi bo‘ladi.
Toshkentning to‘rtta tumanida gaz qisman o‘chirildi. Ta’minot turli vaqt oralig‘ida qaytariladi.
Toshkentda erkak avtobusda qizlarga tegajog‘lik qilib, uyatsiz harakatlar qilgan va ularning orqasiga tekkan. U o‘z aybini tan oldi va bunday holat boshqa takrorlanmasligini ma’lum qildi.
Toshkentda ayol rashk tufayli eri bilan janjallashib, ikki farzandini derazadan uloqtirdi, keyin o‘zi ham ularning ortidan sakradi. U olgan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etdi, shifokorlar bolalarning hayoti uchun kurashmoqda.
Toshkentning Mirobod va Yakkasaroy tumanlaridagi mahallalarda rejali ta’mirlash ishlari tufayli gaz o‘chirildi. Ta’minot tushdan keyin tiklanadi.
Poytaxt Parking Toshkentdagi pullik avtoturargohlarda rezidentlik shartnomalari joriy etilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, yonida pulli avtoturargohlari bo‘lgan xonadonlarda yashovchilar ulardan bepul foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli elektr ta’minoti o‘chirildi.
Toshkent issiqlik elektr markazida mazut yoqilg‘isidan voz kechildi. Yangi uskunalar past gaz bosimida ham ishlaydi, jarayonlarning samaradorligi va ekologik tozaligini oshiradi.
Toshkentning uchta tumanida kechgacha gaz o‘chirildi. Mutaxassislar ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda.
Toshkentning Yashnobod tumanida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi. Avariya holatlari bartaraf etilgandan so‘ng, elektr ta’minoti to‘liq tiklanadi.
Toshkentda sport oziq-ovqat do‘koni yonida bepul kreatin tarqatish tufayli to‘polon yuz berdi. Holat bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar qiziqdi.
2025-yil boshidan buyon Toshkent shahrida 6 182 nafar chiptasiz fuqaroga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilgan.
Toshkentda fuqaro IES quvuriga chiqib olgan va mustaqil ravishda pastga tushishdan qo‘rqqan, voqea guvohlari qutqaruvchilarni chaqirishgan.
Toshkentda yo‘llarni ta’mirlash vaqtida ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgartirildi. Ta’mirdan so‘ng ular odatdagi yo‘nalishlarda harakatlanishda davom etadi.
O‘tgan qishda ekologlar Toshkentda 600 dan ortiq issiqxonani tekshirdi. Ularning 40 tasida rezina chiqindilari va avtomobil shinalarini yoqish holatlari qayd etilgan.
Toshkentda maktab o‘quvchisi Spark haydab, YPX xodimining mashinasiga urilishi oqibatida jiddiy YTH sodir etdi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Davlat rahbari Toshkent viloyatining barcha tumanlarini poytaxt bilan tezyurar elektropoyezdlar orqali bog‘lash vazifasini qo‘ydi. Viloyatda 2,5 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari ishlab chiqilgan, prezident amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini muhokama qildi.
“Toza havo” aksiyasi doirasida Toshkent shahridagi 586 ta avtotransport vositasida atmosferaga zararli gazlar me’yoridan ortiqcha chiqarilgani aniqlanib, kamchiliklar bartaraf etildi.
11-sentyabrdan 1-oktyabrgacha Toshkentning Uchtepa tumanidagi Lutfiy ko‘chasining bir qismi transport harakati uchun yopiladi.
Toshkentning Yakkasaroy tumanida sex yonib ketdi. Voqea joyiga FVV boshlig‘i va poytaxt FVB boshlig‘i yetib borgan. Yong‘in 30 daqiqada o‘chirilgan, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.
Toshkentda pulli avtoturargohlar uchun rezidentlik ruxsatnomalarini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Toshkentning Uchtepa va Sergeli tumanlarida gaz o‘chdi. Ta’minotni kechqurun qaytarishga va’da berishdi, noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘rashdi.
Toshkentning Sergeli tumanidagi Qumariq ko‘chasida issiqlik tarmoqlari almashtirilishi munosabati bilan 10-sentyabrdan 30-sentyabrgacha yo‘l yopiladi.
Poytaxtda ko‘p qavatli uy qurishga ruxsat olish uchun 900 ming dollar talab qilgan ikki kishi qo‘lga olindi. Jinoyatchilarning potensial qurboni DXX kol-markaziga murojaat qilgan.
2025-yil oxirigacha Toshkentda karshering platformasini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Toshkentda Chilonzor tumanida qurilayotgan “Do‘mbirobod Siti” turar-joy majmuasi hududida minorali yuk ko‘tarish kranini o‘rnatish paytida u qulab tushdi, kabinada bo‘lgan kran haydovchisi kuchli zarbadan vafot etdi. Mas’ul idoralar tomonidan baxtsiz hodisani texnik jihatdan o‘rganish bo‘yicha mutaxassislardan iborat komissiya tuzilib, tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.