
Yuz minglab qurbonlar va aholi sonining kamayishi: uch yillik urushning Rossiya va Ukrainaga qimmatga tushishi
23-fevral kuni Rossiyaning Ukraina bilan urushi uch yilni to‘ldirdi. Mamlakatlar har kuni yuzlab odamlar hayotini yo‘qotmoqda.
23-fevral kuni Rossiyaning Ukraina bilan urushi uch yilni to‘ldirdi. Mamlakatlar har kuni yuzlab odamlar hayotini yo‘qotmoqda.
NBC News manbalariga koʻra, Rossiya prezidenti “haqiqiy tinchlik rejasi”dan manfaatdor emas. Putin Rossiya harbiylari jang maydonida gʻalaba qozonayotganiga ishonchi komil va Rossiya armiyasi koʻrayotgan yoʻqotishlar uni urushni toʻxtatishga majbur qilmaydi.
Moskva va Vashington mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilish rejasini taqdim etdi — oʻt ochishni toʻxtatish, Ukrainadagi saylovlar va yakuniy kelishuv. Fox News manbalarga tayanib xabar berishicha, ikki davlat rahbarlari Zelenskiyning qayta saylanishi istiqbollariga shubha bilan qaramoqda.
Ukraina prezidenti agar urushni tugatish boʻyicha oʻylanmagan qaror boʻlsa, uning mamlakatida afgʻon ssenariysi boʻlishi mumkinligini aytdi. Zelenskiyning aniqlik kiritishicha, Ukraina oʻz hududining bir qismidan butunlay voz kechishga tayyor emas.
Tramp maʼmuriyati 20-apreldagi Pasxa bayramiga qadar Ukrainadagi harbiy mojaroni toʻxtatishga intilishini bildirmoqda. Biroq baʼzi Gʻarb siyosatchilari bunday surʼatlar juda yuqori va ularga erishib boʻlmaydi, deb hisoblayapti.
Yevropa yetakchilari AQSH Rossiya bilan Yevropa ishtirokisiz tinchlik muzokaralarini ilgari surayotgani fonida Parijda Ukrainadagi urush boʻyicha favqulodda sammitga yigʻiladi.
1991-yil 13-fevral Iroq tarixida qora kun boʻlgan. Bundan roppa-rosa 34 yil muqaddam “Sahrodagi boʻron” operatsiyasi davomida AQSH harbiylari Bagʻdoddagi “Amiriya” bombapanohiga aviazarba bergandi. Bu fojia yuzlab tinch aholining, asosan ayollar va bolalarning hayotiga zomin boʻldi va Fors koʻrfazidagi urushning eng dahshatli epizodlaridan biriga aylandi.
Rossiyaning Ukraina bilan urushi boshlanganidan beri harbiy xizmatchilar Markaziy Osiyo davlatlaridan 30 ga yaqin fuqaroni asirga olgan. Kiyevda tushuntirilishicha, harbiy asirlarning fuqaroligi asosan ularning soʻzlaridan aniqlanadi, chunki ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoʻq.
24-yanvarga oʻtar kechasi Rossiyaning bir qancha viloyatlariga Ukraina dronlari zarba berdi. Hujumlar natijasida neftni qayta ishlash korxonalarida yongʻinlar sodir boʻldi, binolar shikastlandi va baʼzi ishlab chiqarishlar faoliyati toʻxtatildi. Rossiya rasmiylarining taʼkidlashicha, dronlarning aksariyati havo hujumidan mudofaa vositalari bilan ushlangan. Jabrlanganlar yoʻq.
AQSHning 47-prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi ziddiyatni lavozimga kirishganidan soʻng bir kunda tugatish boʻyicha saylovoldi vaʼdasini sharhladi. U, shuningdek, agar Putin tinchlik kelishuvini rad etsa, Rossiya “jiddiy muammolarga” duch kelishini taʼkidladi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘zining ultra o‘ng sheriklariga G‘azo sektorida urushni qayta boshlashga va’da berdi. Bu hukumatdagi birlikni saqlab qolish va siyosiy bo‘linishning oldini olish uchun qilingan.
Isroil va Falastinning HAMAS radikal harakati birinchi bosqichda 42 kunga o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi. Bitim 19-yanvardan kuchga kiradi. Shuningdek, tomonlar garovga olinganlarni ozod qilishga kelishib oldilar.
Rossiya Qurolli kuchlari safiga kirgan Marhamat tumanida yashovchi fuqaro 4 yil 2 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi.
Yadroviy qish bu keng koʻlamli yadroviy mojaro natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan gipotetik global iqlim hodisasidir. Portlashlar natijasida katta hajmdagi chang, qurum va tutun atmosferaga koʻtarilib, quyosh nurini toʻsib qoʻyadi va Yerda haroratning keskin pasayishiga olib keladi. Bu hodisa ekosistemalarni yoʻq qilishga, qishloq xoʻjaligini izdan chiqarishga va insoniyatni qirilib ketish yoqasiga olib kelishga qodir.
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Rossiya va Ukrainaga asirlarni ayirboshlash va Rojdestvoda oʻt ochishni toʻxtatishni taklif etdi. Biroq Ukraina Rossiya bilan tinchlik kelishuvini qoʻllab-quvvatlamasligini aytib, taklifni rad etdi. Orban oʻzining umidi puchga chiqqanini bildirdi va Vengriya bu taklifni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanganini taʼkidladi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Putindan uning mamlakatida yangi qurol-yarogʻ tizimlari, jumladan, “Oreshnik” raketa komplekslarini joylashtirishni soʻradi. “Bu kelgusi yilning ikkinchi yarmida amalga oshiriladi”, — deya qoʻshimcha qildi u.
Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.