
O‘zbekiston va Mimos Berhad yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etadi
O‘zbekiston va Malayziyaning Mimos Berhad kompaniyasi yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etishga kelishib oldi. Hamkorlik doirasida texnopark, yig‘ish va sinov markazi, elektronika sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan o‘quv muassasasi ochish rejalashtirilgan.