Chirchiqstroy buzilib, uning o‘rnida innovatsion gimnaziya quriladi

Loyihada 15 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish, 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish va 500 nafar bolaning ta’lim olishini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston

Chirchiqda 1935-1936-yillarda loyihalashtirilgan sobiq “Chirchiqstroy” mehmonxonasi binosi buzila boshlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bino uzoq yillar davomida foydalanilmagan va yaroqsiz holga kelgan. Obyekt o‘rnida prezident qarorlariga muvofiq, Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasasi filialini qurish rejalashtirilgan.

Binoning avariya holati yuzasidan "Chirchiq innovatsiya gimnaziyasi"ning murojaatiga asosan viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bino va inshootlarni ko‘zdan kechirib, 16-yanvar kuni buzilishiga xulosa bergan. Xitoyning Soniya Group kompaniyasi ta’sischiligida “Chirchiq innovatsiya gimnaziyasi” MCHJ tashkil etildi.

Loyihada 15 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish, 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratish, Chirchiq shahrida yashovchi oilalarning 500 nafar farzandini sifatli ta’lim bilan qamrab olish ko‘zda tutilgan.

“Bino 2019 yil oktyabr oyida hukumat tomonidan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilmagan”, — deyiladi xabarda.
Nashrni qo‘llab-quvvatlash Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam

Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.

Mavzu bo‘yicha yana

Barcha materiallar
Mirzayev Belarusda 10 ming bosh qoramolga mo‘ljallangan majmua ochilganini bildirdi O‘zbekiston IIV SAFE Service ma’lumotlari tarqalgani haqidagi xabarlarni tekshirmoqda O‘zbekiston Farg‘ona viloyati va Toshkentda 26 mingdan ortiq kitob olib qo‘yildi — DXX O‘zbekiston Istanbul ko‘priklari Mirziyoyev tashrifi munosabati bilan O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi O‘zbekiston