7-aprel kuni Toshkentda xonadonlardan birida yongʻin sodir boʻldi. Poytaxt FVB vaziyatga oydinlik kiritdi.
Voqea Sergeli tumanida joylashgan koʻp qavatli uyda sodir boʻlgan. Voqea boʻyicha qoʻngʻiroq soat 14:31 da kelib tushgan, yongʻin-qutqaruv guruhlari voqea joyiga soat 14:35 da yetib borgan. Yongʻin soat 14:49 da oʻchirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq. Hozirda mutaxassislar tomonidan yongʻin sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Nashrni qo‘llab-quvvatlash
Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam
Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.