Ural Airlines aviakompaniyasining Qarshi–Moskva reysi bekor qilindi
Yoʻlovchilar mehmonxonaga joylashtirildi, ular boshqa reyslar orqali oʻz manziliga yetkaziladi.
14-aprel kuni “Ural Airlines” aviakompaniyasining Qarshi–Moskva yoʻnalishidagi reysi texnik sabablarga koʻra bekor qilindi. Uzbekistan Airports matbuot xizmati vaziyatga oydinlik kiritdi.
Bortida 154 yoʻlovchi boʻlgan Qarshi–Moskva yoʻnalishi boʻyicha U62128 reysi 14-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 05:35 da uchishi kerak edi.
Ayni paytda ushbu reys yoʻlovchilari mehmonxonaga joylashtirilgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yoʻlovchilar belgilangan manzilga Ural Airlines aviakompaniyasining boshqa reyslarida joʻnatiladi.
Parvoz holati haqida batafsil maʼlumotni aviakompaniya vakillaridan soʻrash tavsiya etildi.
Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.