Qirgʻizistondagi zilzila kuchi Oʻzbekistonda ham sezildi

Zilzila markazidan Toshkentgacha boʻlgan masofa 312 kilometrni tashkil etdi.

O‘zbekiston

FVV Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berishicha, Oʻzbekiston hududida zilzila sodir boʻlgan.

Zilzila 14-aprel kuni soat 22:11 da qayd etildi. Zilzila markazi Oʻsh shahrida (Qirgʻiziston) joylashgan. Magnituda M=3,8. Chuqurligi 10 km. Markazdagi silkinish kuchi 4 ballni tashkil etdi.

Zilzila markazi Toshkentdan janubi-sharq tomonda 312 km masofada joylashgan. Oʻzbekiston hududida sezilgan silkinish kuchi:

  • Xoʻjaobod tumani: 3 ball, 16 km;
  • Qoʻrgʻontepa tumani: 3 ball, 22 km;
  • Jalaquduq tumani: 3 ball, 23 km;
  • Buloqboshi tumani: 2-3 ball, 28 km;
  • Xonobod tumani: 2-3 ball, 30 km;
  • Marhamat tumani: 2 ball, 43 km;
  • Andijon tumani: 2 ball, 46 km;
  • Andijon shahri: 2 ball, 52 km;
  • Asaka tumani: 2 ball, 52 km;
  • Paxtaobod tumani: 2 ball, 53 km.
Nashrni qo‘llab-quvvatlash Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam

Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.

Mavzu bo‘yicha yana

Barcha materiallar
Mirzayev Belarusda 10 ming bosh qoramolga mo‘ljallangan majmua ochilganini bildirdi O‘zbekiston IIV SAFE Service ma’lumotlari tarqalgani haqidagi xabarlarni tekshirmoqda O‘zbekiston Farg‘ona viloyati va Toshkentda 26 mingdan ortiq kitob olib qo‘yildi — DXX O‘zbekiston Istanbul ko‘priklari Mirziyoyev tashrifi munosabati bilan O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi O‘zbekiston