21-aprel kuni soat 13:44 da Oʻzbekistonda zilzila qayd etildi, bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmik prognozlar monitoringi markazi maʼlum qildi.
Zilzila epimarkazi Navoiy viloyatining Nurota tumanida bo‘lgan. Magnitudasi 3,4 ni tashkil etdi. Zilzila o‘chog‘idan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 305 km.
Markaz silkinishlar O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham sezilgan yoki sezilmagani haqida ma’lumot bermagan.