11-noyabr kuni soat 22:32 da O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.

Zilzila epimarkazi Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 16 km chuqurlikda joylashgan bo‘lib, kuchi 4 ballni tashkil etgan. Magnituda 3,9 darajada qayd etildi.

Zilzila episentri Toshkentdan 193 km uzoqlikda. Yer silkinishlari Namangan viloyatida qayd etildi: 2-3 ball, 26 km.