Xorazm viloyatida Damas va Labo ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodda yangi modeldagi avtomobil ishlab chiqarila boshlanadi. Bu haqda prezident viloyatni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda aytib o‘tdi.

Yangi model Tuproqqal’a tumanidagi avtomobil zavodida ishlab chiqariladi. Bu zavodda 100 million dollar investitsiya hisobiga bozorbop arzon avtomobillar ishlab chiqarish boshlanadi. Model “Yevro-5” ekologik standartiga javob beradi va yettita o‘rindiqqa ega bo‘ladi.

Mutasaddilarga joriy yilda hamkorlar bilan muzokaralarni yakunlab, 2026-yilda yirik uzelli yig‘ishni boshlash, 2027-yilga borib to‘liq ishlab chiqarish sikliga o‘tib, mahalliylashtirish darajasini 50 foizga yetkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.