Ijtimoiy tarmoqlarda 2026-yildan boshlab O‘zbekistonda “ekologik hudud”ga kirgan qizil va sariq ekostikerli avtomobil haydovchilari jarimaga tortilishi haqida xabarlar tarqaldi.

Maxsus komissiya matbuot xizmati ushbu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi. “Ekologik transport” tizimi doirasida jarimalar 2028 yildan boshlab joriy etiladi.

O‘zbekistonliklarga 2026-yil tizimni joriy etish, haydovchilarni xabardor qilish va ekologik madaniyatni shakllantirish davri ekanligi eslatib o‘tildi.

2026-yilda hech kim jarimaga tortilmaydi. Ushbu davr mobaynida har bir haydovchi o‘z avtomobilining texnik holatini yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘ladi, — – deyiladi xabarda.