Donald Tramp Grenlandiya ustidan nazorat o‘rnatish uchun harbiy kuch ishlatish imkoniyatini istisno qilmayapti, deb xabar bermoqda NBC News.
Amerika yetakchisining ta’kidlashicha, AQSH orolni strategik muhim hudud sifatida ko‘radi.
“Men buni istisno qilmayman, men buni qilaman demayman, lekin men hech narsani istisno qilmayman, bu holatda emas”, — deb javob bergan Tramp Grenlandiyani qo‘shib olishda kuch ishlatish ehtimoli haqidagi savolga.
Grenlandiya bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen orolning AQSH nazoratiga o‘tishi mumkinligini rad etdi. AQSH prezidenti Grenlandiya Shtatlarga qo‘shilishi kerakligini bir necha bor ta’kidlagan. Amerika yetakchisi Daniya oroldan voz kechmasa, yuqori savdo bojlari bilan tahdid qildi.