payme plus’da referal aksiyasi shartlari o‘zgarmoqda

PRO Pul

2026-yil 3-dekabrdan payme plus “Hammasi ichida” obunasi foydalanuvchilari uchun referal aksiya shartlari o‘zgaradi. Yangi shartlarga ko‘ra, bonus nafaqat sinov muddati, balki obuna xarid qilingani uchun ham beriladi.

Referal aksiyasi shartlarida nima o‘zgaradi

Ilgari payme plus “Hammasi ichida” obunasi faol bo‘lgan foydalanuvchi do‘stiga referal havolani ulashganida, bonus uning payme ilovasidagi keshbek-hamyoniga faqat taklif etilgan do‘st sinov muddatini rasmiylashtirgach o‘tkazib berilar edi. 

2026-yil 3-dekabrdan boshlab mukofot ikki bosqichda hisoblanadi: dastlab taklif etilgan do‘st payme plus sinov muddatini rasmiylashtirgani uchun, keyin esa sinov davri yakunlangach, pulli obunani xarid qilgani uchun. Shu tariqa, agar taklif etilgan foydalanuvchi obunadan foydalanishni davom ettirsa, uni taklif qilgan kishi qo‘shimcha bonusga ega bo‘ladi. 

Referal aksiyada ishtirok etayotgan amaldagi foydalanuvchilar uchun yangi shartlar 2026-yil 3-dekabrdan avtomatik tarzda kuchga kiradi.

Batafsil ma’lumotni qayerdan olish mumkin

Referal aksiyasi shartlari keltirilgan yangilangan ofertaning to‘liq matni payme.uz saytida va payme ilovasida mavjud.

Qo‘shimcha savollar bo‘yicha, 1150 raqami orqali koll-markazga qo‘ng‘iroq qilishingiz (O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun, 24/7) yoki payme ilovasidagi qo‘llab-quvvatlash chatiga yozishingiz mumkin.


Reklama huquqlari asosida

Nashrni qo‘llab-quvvatlash Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam

Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.

Mavzu bo‘yicha yana

Barcha materiallar
Oʻzbekistonda banklarga kreditlar boʻyicha foiz va jarimalar hisoblanishini tekshirish topshirildi PRO Pul Dollar va rubl arzonladi, yevro qimmatladi: Markaziy bank kurslarni yangiladi PRO Pul Kredit reklamasi endi kechiktirilgan toʻlov nimaga olib kelishi haqida jim tura olmaydi PRO Pul 25-noyabrdan payme ofertasi shartlari o‘zgaradi PRO Pul