Samarqand viloyatida yoqilg‘i quyish shoxobchasida yuz bergan portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi tafsilotlarni taqdim etdi.
Hodisa 7-may kuni Kattaqo‘rg‘on tumani Qo‘shtepa mahallasidagi Yigitali AYoQShda sodir bo‘lgan. Ikkita rezervuarni dizel yoqilg‘isi bilan to‘ldirish vaqtida portlash sodir bo‘lgan, shundan so‘ng hududni yong‘in qamrab olgan.
Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yana bir jabrlanuvchi kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Huquq-tartibot idoralari hodisa sabablari va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini aniqlash uchun tergov boshladi.