Toshkent shahrida poytaxt hokimligi bilan kelishilgan holda 78 ta gaz quyish shoxobchasi yagona grafik asosida ishlaydi. Bu haqda “Hududgazta’minot” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aholi xonadonlari va ijtimoiy obyektlarda tabiiy gaz bosimi pasayishining oldini olish maqsadida respublika bo‘ylab metan zapravkalar faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritilmoqda. Endi ular faqat soat 06:00 dan 23:00 gacha ishlaydi.

Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, chora majburiy va vaqtinchalik bo‘lib, gaz bosimini normallashtirish ishlari davom etmoqda.