Migratsiya agentligi fuqarolarga chet elda ish va’da qilib, pul olib, so‘ng g‘oyib bo‘lgan uchta kompaniyani aniqladi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar bermoqda.
Firibgar kompaniyalar ro‘yxatiga WORLDVISA, Everyone Consult va Adworld Group kiritilgan. Tashkilotlar vatandoshlarni chet elga yuborib, pul evaziga ishga joylashtirishni va’da qilgan, to‘lovni olgan, so‘ngra xizmat ko‘rsatmasdan g‘oyib bo‘lgan. Ushbu jinoyatlari uchun kompaniyalarga jarima solindi.
Fuqarolarga eslatib o‘tildiki, ularni xorijda ishga joylashtirish faqat Migratsiya agentligi yoki Migratsiya agentligi litsenziyasi asosida faoliyat yurituvchi xususiy bandlik agentliklari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.