Buxoroda maxsus texnika haydovchisi pensioner ayolni bosib o‘ldirdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar berdi viloyat IIB matbuot xizmati.

Mudhish fojia 15-may kuni shahar markaziy bozori yaqinida sodir bo‘ldi. Ibn Sino ko‘chasida harakatlanayotgan ekskavator haydovchisi yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan 64 yoshli ayolni payqamagan. Oqibatda fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzishh) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyatchi 7 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.