Toshkent viloyatida yuk mashinasi gaz quvurini buzib, aholini ta’minotsiz qoldirdi. Bu haqda “Hududgazta’minot” xabar bermoqda.
Korxona ma’lumotlariga ko‘ra, Zangiota tumanidagi yer usti o‘rta bosimli gaz quvuri shikastlanishi natijasida gaz sizib chiqishi aniqlangan.
Natijada tumandagi 420 nafar aholi va 5 ta ulgurji iste’molchiga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi.
Ayni paytda tuman gaz ta’minoti boshqarmasi avariya-qutqaruv guruhi tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ishlar soat 14:30 ga qadar yakunlanishi va iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berilishi rejalashtirilgan.