O‘zbekistonda haydovchilarga maktab va bolalar bog‘chalari yaqinida muayyan aholi punkti uchun ruxsat etilgan maksimal tezlikda harakatlanishga ruxsat berildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

“Transport vositalaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, haydovchilar dam olish kunlari, maktab ta’tillarida va soat 19:00 dan 7:00 gacha shunday tezlikda harakatlanishlari mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda YHQga maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarigacha va ulardan keyin 300 m masofada tezlik 30 km/soatdan oshmasligi kerakligi to‘g‘risidagi norma kiritilgan edi. Ushbu qoida tegishli belgilar mavjud bo‘lganda amal qiladi.