O‘zbekiston Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konversiyasiga qo‘shildi. Qonunchilik palatasi deputatlari tegishli qonunni qabul qildi.

Hujjat fuqarolik yadroviy obyektlarida sodir bo‘lgan noxush hodisalar natijasida yetkazilgan zararni qoplash uchun javobgarlik rejimi, tartibi, muddatlari va tamoyillarini belgilashni nazarda tutadi. Yadroviy qurilmalar operatorlarining majburiyatlarini aniq belgilash va ehtimoliy zararni qoplash uchun ishonchli moliyaviy kafolatlarni yaratish.

Shuningdek, u milliy yadroviy xavfsizlik tizimiga bo‘lgan ishonchni oshiradi, xalqaro hamkorlikni va yadroviy xavfsizlik sohasidagi norma va standartlarga rioya qilishni mustahkamlaydi. Bundan tashqari, u yadroviy qurilma operatorining o‘z nazorati ostidagi obektlarda sodir bo‘lgan hodisalar natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgarligini, shuningdek, yadroviy zarardan moliyaviy himoya qilishning minimal talablarini belgilaydi.

Deputatlarning ta’kidlashicha, konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi O‘zbekistonning tegishli sohadagi huquq va majburiyatlarini tan olish, shuningdek, ehtimoliy yadroviy zararni qoplash kafolatlarini ta’minlash imkonini beradi.