O‘zbekistonda kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishining asosiy bosqichi boshlandi. Bu haqda “Rosatom” axborot xizmati xabar bermoqda.

Jizzax viloyatidagi qurilish maydonida RITM-200N reaktorli energoblok uchun kotlovan qazish ishlari boshlandi. “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachev va “O‘zatom” rahbari Azim Axmedxo‘jayev ishlarning muhim bosqichiga start berishdi.

Birinchi bosqich Forish tumanida RITM-200N reaktori bilan ASMM energiya bloki uchun kotlovan qazishni o‘z ichiga oladi. Stansiya uchun taxminan 1,5 million kub metr tuproq qazib olinadi, kotlovan chuqurligi 13 metrga yetadi.

Barcha xorijiy loyihalarimizda bo‘lgani kabi ASMMni qurishda ham yuqori darajadagi mahalliylashtirish ko‘zda tutilgan. Ishlar O‘zbekiston subpudrat tashkilotlari tomonidan bajarilmoqda.

“Rosatom” kamida 60 yil xizmat qiladigan stansiya quradi va uni ekspluatatsiya qilishda barcha zarur yordamni ko‘rsatadi. Bizni ko‘plab o‘n yillik samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlik kutmoqda, — dedi “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachev.