O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshiriladi
Jarimalar BHM miqdorining oshishi hisobiga ko‘payadi.
O‘zbekistonda 1-avgustdan BHM 375 ming so‘mdan 412 ming so‘mga oshadi, shu munosabat bilan jarimalar miqdori ham oshadi.
Shu munosabat bilan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar oshiriladi:
- taqilmagan kamar — 206 000 so‘m;
- texnik ko‘rik, aptechka — 206 000 so‘m;
- hujjatsiz yurish — 412 000 so‘m;
- sug‘urtalanmaganlik — 412 000 so‘m;
- qizilda o’tish — 1 236 000 so‘m;
- noto‘g‘ri to‘xtash joyi — 824 000 so‘m;
- telefondan foydalanish — 1 236 000 so‘m;
- avtoraqamsiz yurish — 2 060 000 so‘m;
- tezlik (+20 km/soat) — 412 000 so‘m;
- tezlik (+20-40 km/soat) — 2 060 000 so‘m;
- tezlik (40+ km/soat) — 3 708 000 so‘m;
- qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish — 4 120 000 so‘m;
- mast holda transport vositasini boshqarish — 16 480 000 so‘m va uch yilgacha huquqdan mahrum qilish;
- ruxsatnomasiz qoraytirish — 10 300 000 so‘m.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti pensiya va maoshlarni oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.
Nashrni qo‘llab-quvvatlash
Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam
Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.