Qurbon hayiti munosabati bilan 6-iyun kuni Toshkent jamoat transporti soat 03:00 dan ish boshlaydi. Bu haqda poytaxt transport boshqarmasi ma’lum qildi.
Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida avtobus yo‘nalishlari va Toshkent metropoliteni ertalab soat 03:00 dan ish boshlaydi.
Qaror hayit namozida ishtirok etishni rejalashtirganlarga qulaylik yaratish maqsadida qabul qilindi.