Termiz shahar jamoat transportida elektron to‘lov tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tizimni ikki bosqichda joriy etish rejalashtirilgan:

  • birinchi bosqich — 2026 yil 3 yanvardan boshlab B-3, B-4, B-7, SHI-1, SHI-3, SHI-5, SHI-7, SHI-8, SHI-15 yo‘nalishlarida elektron to‘lov tizimi ishga tushiriladi;
  • ikkinchi bosqich — 2026-yil 1-apreldan boshlab ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lovlar faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.

Yo‘l haqi:

  • avtobuslarda yo‘l haqi — 3 000 so‘m;
  • elektron to‘lovda — 2 000 so‘m;
    yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarga — bepul;
  • 20 kg gacha bo‘lgan qo‘l yuki — bepul, undan ortiq bo‘lsa, 4 000 so‘m.