O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi hududlarda yo‘nalishsiz taksilar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Deputatlarni taksi haydovchilari o‘zining va qo‘shni hududlardan boshqa hududlarda ishlashi mumkin emasligi haqidagi tartib g‘azablantirdi. Bunday cheklovlar aholining turli fikr va e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Partiya bu qonunga zid ekanini, shuningdek, yo‘nalishsiz taksilarga cheklovlar joriy etish uchun qonuniy asos yo‘qligini ta’kidladi. Deputatlarning ta’kidlashicha, bunday chora-tadbirlarda “konstitutsiyaviy normalarga zid jihatlar yaqqol ko‘zga tashlanmoqda”. Ushbu holat yuzasidan Transport vaziri Ilhom Mahkamov Oliy Majlisga chaqirilgan.