Qoraqalpog‘istonda voyaga yetmagan qizga jinsiy tegajog‘lik qilishda ayblangan yigit sud qilindi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Beruniy tuman sudi qarorida aytiladi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi 27 yoshli yigit 16 yoshli qizga jinsiy a’zolarining fotosuratlari va behayo stikerlarni Telegram orqali yuborgan. Sud majlisida fuqaro aybiga iqror bo‘lib, bunday holat boshqa takrorlanmasligini ma’lum qildi.

Sud yigitni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik) bilan aybdor deb topib, besh sutkaga hibsga oldi.