O‘zbekistonda ijro hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qamrab oluvchi majburiyatlar reyestri paydo bo‘ladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ijro ishi yuritish doirasida qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlar jismoniy shaxslarga ularning YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali, yuridik shaxslarga esa soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.

Qarzdorlik bo‘yicha undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan fuqarolarning kafolatlangan daromadining eng kam miqdori MHEKMning yarmi miqdorida belgilangan.

MIB ijro hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qamrab oluvchi majburiyatlar reyestrini yuritadi. Davlat organlari, kredit va boshqa tashkilotlar MIB bilan reyestrga kiritilgan ijro hujjatlari bo‘yicha tezkor axborot almashinuvini amalga oshiradi.

Qayd etilishicha, ijro hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatlashtirilgan tizim orqali majburiyatlar reyestriga kiritiladi va 10 yil davomida saqlanadi.