Ob-havo sharoiti tufayli Toshkent xalqaro aeroportida parvozlar vaqti bo‘yicha biroz o‘zgarishlar kutilmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar bermoqda.

Mumkin bo‘lgan qisqa muddatli kechikishlar parvoz dasturini bajarish uchun qo‘shimcha parvoz oldi protseduralarini o‘tkazish zarurati bilan bog‘liq (havo kemalarini suv bilan to‘ldirish).

Shu bilan birga, parvozlar jadvaliga kiritilgan o‘zgartirishlar aeroportda parvozdan oldingi yo‘lovchi tartib-qoidalarini bajarish vaqtiga ta’sir qilmaydi, ular belgilangan vaqt va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.