Oksana Chusovitina World Challenge Cup musobqasida kumush medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
21-iyun kuni Oksana Chusovitina World Challenge Cup musobaqasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
Turnirda 14 mamlakatdan 60 ga yaqin sportchi ishtirok etmoqda, musobaqalar davom etmoqda, O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi:
- oltin: Abdulaziz Mirvaliyev (erkin mashqlar), Ahrorxon Temirxonov (halqalar);
- kumush: Oksana Chusovitina (tayanch sakrash), Ravshan Komiljonov (otda mashqlar), Humoyun Islomov (erkin mashqlar);
- bronza: Shohinabonu Yusufova (tayanch sakrash).
Nashrni qo‘llab-quvvatlash
Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam
Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.