Buxoro viloyatida noqonuniy baliq ovlash holati aniqlandi. Bu haqda Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mutaxassislar «Qoraqir» tabiiy suv havzasining birinchi konturida reyd o‘tkazdi. U yerda Peshku tumanida yashovchi ikki kishi elektr qarmoq yordamida 168 ta sazan, 10 ta laqqa va bitta tovonbaliq tutgan. Tabiatga yetkazilgan zarar 3,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.