O‘zbekistonda 1-iyul kuni onlayn auksion orqali 771 ta avtoraqam sotildi. Bu haqda tovar-xom ashyo birjasi ma’lumotida keltirilgan.

Aniqlik kiritilishicha, 755 ta avtoraqamlar jismoniy shaxslarga, 16 tasi yuridik shaxslarga to‘g‘ri kelgan.

Eng “chiroylisi” 803,3 mln so‘mga, eng arzoni esa 1,9 mln so‘mga baholangan.