O‘zbekistonda 2025-yil iyun oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishdan yetkazilgan zarar 135,6 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar bermoqda.

Mutasaddi idoralar va huquq-tartibot posbonlari tomonidan 234 ta holatda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Taxminan 50,6 million kVt/soat elektr energiyasi va 12,4 million kub metr tabiiy gaz o‘g‘irlangan. Yetkazilgan zararning umumiy miqdori 135 mlrd 669 mln so‘mni tashkil etgan.

Qoidabuzarlarga nisbatan 471 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan. Tegishli hujjatlar belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Bunday holatlarning oldini olish, energiya resurslaridan qonuniy va oqilona foydalanish madaniyatini oshirish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tizimli ishlar davom ettirilmoqda.