Ijtimoiy tarmoqlarda “aqlli” elektr hisoblagichlar uydagi elektr jihozlari to‘liq o‘chirilganda ham kilovattlarni aylantirayotgani haqida xabarlar tarqaldi. HET vaziyatga izoh berdi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, “aqlli” qurilmalar ko‘p bosqichli tekshiruv va sertifikatlashdan o‘tadi. Nuqsonlari aniqlanganda ularni o‘rnatish va sotishga ruxsat etilmaydi. Shunday qilib, qo‘shimchalar haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Ularning to‘g‘ri ishlashiga shubha tug‘ilgan iste’molchilar quyidagilarga murojaat qilishlari mumkin:

  • tuman yoki shahar energiya ta’minoti bo‘limlariga;
  • call-markazga 1154 raqami orqali;
  • Telegramda @HET_admin.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan yolg‘on va chalg‘ituvchi ma’lumotlarni tarqatmaslik, faqat rasmiy manbalarga ishonish so‘ralgan.