4-iyul kuni Rimning sharqiy kvartallaridan biridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Rainews24 yozmoqda.

Tasdiqlanmagan versiyaga ko‘ra, portlash yoqilg‘i sisternadan yoqilg‘i quyish rezervuarlariga o‘tadigan quvurning yorilishidan keyin sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida kamida 21 kishi jabrlangan. Jabrlanganlarning aksariyati yong‘in haqida xabar berilganidan keyin voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar va politsiyachilardir. Shahar transport kompaniyasi portlash sodir bo‘lgan joyga eng yaqin bo‘lgan Rim metrosi bekati yopilganini ma’lum qildi.