Rossiyada Kamchatka fuqarosi 72 nafar o‘zbekistonlikni noqonuniy ravishda o‘z kvartirasiga kiritib qo‘ygan. Bu haqda TASS IIVga tayanib xabar bermoqda.

Ilgari giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlari uchun sudlangan 33 yoshli ishlamaydigan erkak o‘z kvartirasida 72 nafar O‘zbekiston fuqarosini soxta ro‘yxatdan o‘tkazdi. Shu bilan birga, u chet elliklarni yashash uchun real uy-joy bilan ta’minlash imkoniyatiga ega emas edi.

Chet el fuqarolarini soxta ro‘yxatga olish fakti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bunday huquqbuzarliklar uchun besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi maksimal sanksiyalar nazarda tutilgan. Unga ko‘pi bilan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.