Rossiyada to‘qqiz oy ichida eng ko‘p YTH O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida qayd etilgan. Bu haqda mamlakat IIV Yo‘l harakati xavfsizligi ilmiy markazi matbuot xizmatiga tayanib, MKRU xabar berdi.
Yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston fuqarolari 827 ta YTH ishtirokchisiga aylandi, bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 18 foizga kam. Baxtsiz hodisalar soni bo‘yicha antireyting yakunida Qozog‘iston fuqarolari 128 ta YTH sodir etgan, bu ko‘rsatkich 2024-yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 21 foizga kamaygan.
Vaziyatni “aybdorlik koeffitsiyenti” — haydovchining aybi bilan sodir bo‘lgan YTHlar ulushi orqali baholasak, tojikistonlik haydovchilar yetakchilik qilmoqda. Ular 666 ta avariya ishtirokchisiga aylandi, bu 2024-yilgi darajadan 14 foizga past, hodisalarning 67 foizida ular bevosita aybdor bo‘lgan.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda aybdorlik koeffitsiyenti deyarli 65 foizni tashkil etgan O‘zbekiston fuqarolari turibdi. Keyingi o‘rinlarda Armaniston va Ozarbayjon haydovchilari turadi, ularning yo‘l-transport hodisalarida aybdorlar ulushi 64 foizni tashkil etadi. Eng past ko‘rsatkich Belarus fuqarolarida qayd etilgan — 50 foizdan sal ko‘proq.